ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Hojilarga maslahatlar

Haj yoki Umra ziyoratiga borayotgan yurtdoshlarimizning har biri mazkur safarga oid ko’rsatmalarga ehtiyoj sezadi. Ushbu maqolamizda safar mobaynida asqotishi mumkin bo’lgan ayrim maslahatlarni berishni maqsad qildik.

Shulardan biri, ziyoratchilarning shaxsiy buyumlari haqidadir.  Makkai mukarramadagi Haram masjidida haj amallarini bajarish uchun borayotganda har bir ziyoratchi o’zi bilan shaxsiy buyumlarni olib olishi mumkin. Biroq masjidga katta sumkalar bilan kirishga ruhsat berilmaydi. Sizning sumkangiz masjidga kiraverishda tekshirilishi mumkin, ko’pincha ozuqalarni olib kirishga ham yo’l qo’yilmaydi.

Shuni aytish joizki, haj amallarini Alloh taoloning roziligini istab, Uning xayolida bajarish lozim,  yelkangizdagi sumkani birov olib, ichidagi qimmatbaho narsalarni o’g’irlamadimikan degan o’yda emas. Bu kabi xayollar sizni ibodatdan chalg’itadi. Shu bilan birga, buyumlaringiz sizga noqulaylik tug’dirishi, aytaylik, og’irlik qilishi mumkin. Mana shunday holatlarda ularni masjiddagi seyfda qoldirish imkoniyati mavjud. Masjid al-Haromda buyumlarni saqlash uchun bir necha bo’limlar mavjud. Har bir bo’limda seyfga o’xshash tahminan 320 ta xonachalar bor. Ularda buyumlarni saqlash narhi xonachalarning katta-kichikligiga qarab 2 – 7 saudiya riolini tashkil etadi.

     Bu yerda buyumlaringizni olib qolishdan avval, ularning orasida xavfli narsalar yo’qligiga ishonch hosil qilish uchun skaner orqali tekshiriladi. Bundan tashqari, asal va yog’ singari tez aynishi mumkin bo’lgan mahsulotlarni ham saqlash uchun olib qolinmaydi. Shundan so’ng, sumkangizning hajmiga qarab, xonacha tanlanadi. Buyum joylashtirib bo’lingach, sizga xonachaning raqami va foydalanish muddati haqida chek taqdim qilinadi. Ushbu chek yordamida xonachani ochish ham mumkin. Buyumlar bu yerda uzog’i bilan besh soat davomida saqlanadi. Agar ziyoratchi o’z buyumini unutib, uni besh kun mobaynida olmasa, quti ochilib, ichidagi narsalar ko’zdan kechiriladi. Unda qimmatbaho buyumlar bo’lsa, egasi kelib, so’raguncha saqlanadi. Agar ular qiymatga ega bo’lmasa, tashlab yuboriladi.

     Bunday seyflarni Qirol Abdulaziz masjidiga kiraverishda, Qirol Fahd majmuasiga kirish ro’parasida, “Al-Tavhid Interkontinental” mehmonxonasi to’g’risida, Marvadagi “Al-Haramayn” kutubxonasi yonida uchratish mumkin.

 

 

 

1336
23.02.2018