ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
O’zbekiston – buyuk allomalar yurti

Ushbu haqiqatni bugun jahon ham e’tirof etgani rost. Bu zaminda tug’ilib, kamol topgan mutafakkirlar millatimiz faxri, elimizning qalbidagi iftixordir.

“Ziyo” media markazi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan navbatdagi ko’rsatuv “O’zbekiston – buyuk allomalar yurti”, deya nomlanib, u 2018 yil, 23 fevral, juma kuni soat 18:50da efirga uzatiladi.

Ko’rsatuvda Toshkent islom universiteti prorektori Zohidjon Islomov, Islom akademiyasi rahbari Ne’matilla Ibrohimov, Islom tsivilizatsiyasi markazi rahbari Shoazim Minovarov, “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi” rahbari Shovosil Ziyodov, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining o’g’illari Ismoil Muhammad Yusuf hamda Toshkent islom universiteti Manbalar xazinasi mudiri Muhammadsiddiq Usmonovlar ishtirok etadilar. Shuningdek, Toshkent islom universiteti talabalari allomalar va ularning asarlari haqida so’zlab o’tadilar.

 

 

1823
23.02.2018