ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Yoshlikni g’animat bilaylik!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Besh narsani besh narsadan ilgari g’animat bil: qarishingdan oldin yoshligingni, kasal bo’lishingdan oldin sog’lig’ingni, kambag’al bo’lib qolishingdan oldin boyligingni, mashg’ul bo’lishingdan oldin bo’sh vaqtingni, o’lim kelishidan oldin hayotingni”, deya marhamat qilganlar.

Ushbu hadis inson hayoti sermazmun o’tishida muhim ahamiyatga egadir. Shunday ekan, “Ziyo” media markazi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan navbatdagi ko’rsatuv “Yoshlikni g’animat bilaylik!”, deya nomlanib, u 2018 yil, 28 mart Chorshanba kuni soat 18:55da efirga uzatiladi. Unda Toshkent islom universitetining iqtidorli talabalari haqida so’zlab o’tiladi.

Ko’rsatuvda “Pandnoma” ruknida O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi o’rinbosari Abdulaziz Mansurov, Toshkent shahar “Firdavs” jome masjidi imomi Baxtiyor Sattorov, Namangan tumani bosh imomi Musoxon Ergashevlar ishtirok etadilar. Ko’rsatuv davomida qiziqarli lavhalar namoyish etiladi, yoshlarni g’animat fursatlarini qadrlashga chorlanadi.

Ko’rsatuvni tomosha qiling va o’tayotgan har bir daqiqangizda unumli foydalanishga intiling!

 

 

1747
28.03.2018