ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Bu yilgi mavsumda 3 million ziyoratchi Umra amallarini bajardi

Saudiya Arabistonining rasmiy statistika ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 sentyabri ya’ni 2017-2018 yildagi Umra mavsumining boshlanish kunidan 2018 yilning 12 apreliga qadar Qirollikka 3 millionga yaqin ziyoratchilar tashrif buyurgan.

Qirol Abdulaziz aeroportining Haj va Umra ishlari bo’yicha bo’limi direktori Abdulmajid Afg’oniyning aytishicha, Umra ziyoratiga tashrif buyuruvchilar 3 millionni tashkil etishi barobarida Saudiya Arabistoni Qirolligidan o’z vatanlariga qaytib ketuvchilar ham shunchani tashkil etadi. Shu bilan birga, uning qayd etishicha, hojilar 8588 reysda tashrif buyurib, 9475 reysda uylariga qaytishgan. Aeroport kuniga 16 ming ziyoratchini qabul qilib, 17 ming nafar hojini kuzatgan.

             Afg’oniy Haj va Umra Vazirligining statistikasiga tayangan holda, 2030 yilda Umra mavsumida 30 milliondan oshiq ziyoratchilar Umra amallarini bajarish imkoniyatiga ega bo’lishlarini ham aytib o’tdi.

 

 

822
27.04.2018