ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
“ISROF – BARAKA ZAVOLIDIR”

Kundalik hayotimizda isrof, haddan oshish kabi holatlarni uchratib qolamiz. Dinimizda isrofdan uzoq bo’lishga chorlanadi. “Ziyo” media markazi tomonidan tayyorlangan navbatdagi ko’rsatuv ana shu mavzuga bag’ishlangan bo’lib, “Isrof – baraka zavolidir” deb nomlanadi. 

Ushbu ko’rsatuv bugun –29 iyun kuni soat 21:30 da “O’zbekiston” telekanali orqali efirga uzatiladi.

Ko’rsatuvning “Pandnoma” rukni orqali ibratli bir voqeaning yechimiga guvoh bo’lasiz. Unda O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi o’rinbosari Shayx Abdulaziz Mansurovning purma’no so’zlarini tinglashingiz mumkin.

Dastur orqali Toshkent shahri “Hoja Ahror Valiy” masjidi imom-xatibi Sobirjon Rustamovning dinimiz manbalari asosidagi suhbatlaridan bahramand bo’lasiz.

Ko’rsatuvda bir qator qiziqarli lavhalar, jamiyatimizda ro’y berayotgan holatlar sahnalashtirilgan. Statistik ma’lumotlar keltirilgan.

Shuningdek, unda Xalqaro islom akademiyasi talabalari tomonidan kerakli ma’lumotlar beriladi.

 Isrof haqidagi ko’rsatuvni tomosha qiling, Alloh taolo tomonidan sizga ne’matlarni asrab-avaylang!

 

 

359
29.06.2018