ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Hajga ketayotganlarga kiyim borasida tavsiyalar

Hajga ketayotgan erkaklarga kiyim borasida deyarli qiyin jihat yo’q. Ehromga kirguncha, ya’ni ziyoratchilar Madinai munavvarada ekanliklarida odatiy kiyimlarni kiyib yurishlari mumkin. 

Bunda kimga nima qulay ekanligi inobatga olinadi. O’zingiz bilan rubashka (yengi uzun ko’ylak) va shim olib olishingiz mumkin. Ba’zilar o’sha yerning o’zida arablarning uzun ko’ylaklarini (qomis) sotib olib, kiyib yurishni ma’qul ko’rishadi. Erkaklar kiyimi ham ichni ko’rsatmasligi, qomatni bildirmasligi va avratni berkitmog’i lozim. Yengi kalta tor futbolka va tizzagacha bo’lgan kalta shimlarni kiyish odob me’yorlariga to’g’ri kelmaydi. Bunday kiyimlarda uyda yurish mumkin. Ehromdan tashqarida do’ppi, kepka singari bosh kiyimlarni kiyib yurish mumkin.

         Ehromga kirgandan so’ng erkak kishilar ikkita tikilmagan oq matoni o’raydilar. Agar siz o’zingiz bilan ehrom libosi olmagan bo’lsangiz, o’sha yerning o’zidan sotib olishingiz ham mumkin. U yerda xohlagan turdagi, didingizga mos, har xil matodagi, qalin yoki yupqa ehrom uchun liboslarni uchratish mumkin. Narhi esa bugungi kunda 30 $ va undan baland turadi. Bundan tashqari ehrom libosining pastki qismini ushlab turuvchi belbog’ sotib olish ham mumkin.

 

Xurshida Abdullayeva tayyorladi

 

 

363
17.07.2018