ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Hajga oid eslatmalar va haj tarixi

Ziyoratchilarimiz Makkai Mukarramada o’z ibodatlarini amalga oshirar ekanlar, bu yerda ziyoratchilarimizga Makka shahri tarixi, haj amali tarixi, uning odoblari va fazilatlari, haj ibodatini ado etish tartibi bilan bog’liq muhim ma’lumotlar kundalik tarzda berib borilmoqda.

Bugun ham ziyoratchilarimiz uchun Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrullo Turmatov tomonidan ana shunday suhbat o’tkazildi. Ushbu suhbat Makka shahrining barpo bo‘lish tarixi va uning rivojlanishi, haj amalining tarixi va uning sirlari mavzusida bo‘lib otdi. Suhbat davomida, Ibrohim alayhissalomning hayoti, Ismoil alayhissalomning dunyoga kelishlari va bolalik davrlari, qurbonlik qilish tarixi bevosita Ismoil alayhissalom bilan bog’liq ekanligi, Sora onamiz va Hojar onamiz haqlarida hamda Ka’baning qurilishi, zam zamning mo‘jizaviy jihatlari borasidagi ma’lumotlar berib o‘tildi. Ko‘plab muhim tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan yurtdoshlarimiz tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

 

 

141
07.08.2018