ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Hojilarga yaratilgan shart-sharoitlar

Allohga shukrlar bo‘lsinki, ziyoratchilarimiz Makkai Mukarramadagi ziyorat hamda ibodatlarini  emin erkin davom ettirmoqdalar.

Ishchi guruh rahbariyati boshchiligida “Hojilarga xizmat ko’rsatish biz uchin sharaf” shiori ostida ziyoratchilarimiz uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Shuningdek,  xizmat ko’rsatish darajasini yil sayin oshirib borish maqsadida ishchi guruh rahbariyati tashabbusi bilan haj- 2018 mavsumida ko’plab yangiliklar amalga tatbiq etildi. Ziyoratchilarimiz istiqomat qilayotgan mehmonxonada tashkil qilingan qirq kishilik mini statsionar ziyoratchilarimiz sog‘liqlari barqarorligini ta’minlash uchun faoliyat yuritmoqda. Xususan, haj - 2018 mavsumida ishchi guruh tarkibidagi tibbiyot  xodimlari guruhi tomonidan tibbiy xizmat darajasini oshirish, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq kasalliklarni oldini olish va bunday kasalliklarga qarshi kurashish maqsadida, bu yil ko‘plab qo‘shimcha tibbiy xizmatlar tashkil etildi. Tibbiyot markazidagi amalga oshirilgan ana shunday yangiliklardan, bu yil lor, trammatolog, xirurg va ingalyatsiya xizmatlari kabi yangi tibbiy xizmatlar tashkil qilindi. Alohida qayd etish lozimki, ziyoratchining tibbiy holati kasalxonada davolanishni talab etadigan holatlar uchun tarjimonlar guruhi ham o‘z faoliyatini boshladi. Ziyoratchilarimiz esa, yaratilgan bunday qulay sharoitlardan nihoyatda mamnun ekanliklarini izhor qilmoqdalar.

 

 

652
10.08.2018