ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
“E’tiqod musaffoligi yo’lida”

“Ziyo media markazi” ijodkorlari tomonidan tayyorlangan “E’tiqod musaffoligi yo’lida”  deb nomlangan ko’rsatuv bugun 2018 yilning 10 avgust – juma kuni soat 21:30 da “O’zbekiston” telekanali orqali namoyish etiladi.

Ko’rsatuv suhbat tarzida tayyorlangan bo’lib, unda Xalqaro islom akademiyasi katta o’qituvchisi Ilhom Bekmirzaev hamda O’zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo’limi mudiri Xomidjon Ishmatbekov ishtirok etadilar. Dasturni “Manbalar xazinasi” mudiri Muhammadsiddiq Usmonov olib boradilar.

Ko’rsatuvda bir qator qiziqarli lavhalar, jamiyatda uchrab turadigan holatlar sahnalashtirilgan.

Shuningdek, unda Xalqaro islom akademiyasi talabalari tomonidan mavzuga oid dalillar keltiriladi.

Ko’rsatuvni tomosha qiling, e’tiqod borasidagi muhim ma’lumotlar bilan tanishing!

 

 

712
10.08.2018