ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Hojilarimiz Mino vodiysiga yetib keldilar

Bugun zulhijja oyining sakkizinchi kuni hojilarimiz endi hajning asosiy amallarini ado etishga kirishdilar. 

Yurtdoshlarimiz erta tongda Mino vodiysiga sog‘-salomat yetib keldilar. Mino vodiysida hojilarimizni ishchi guruh va Saudiya Arabistonidagi hamkor shirkat “Al-Hidoya” vakillari kutib oldilar. Ta’kidlash kerakki, bu yerda hojilarimiz uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Ayni paytda hojilarimiz Mino vodiysida o‘z ibodatlarini to‘la-to‘kis ado etmoqdalar. Hojilarimiz bu yerda bir kun tunagach, zulhijja oyining to‘qqizinchi kuni duolar qabul bo‘ladigan maskan Arafot manzili tomon yo‘l oladilar.

 

 

 

741
19.08.2018