ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Umra mavsumiga tayyorgarlik avjida

Ikki muqaddas masjid xodimi Qirol Salmon va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning buyrug’iga ko’ra, Madinadagi Masjid an-Nabaviy ishlari bo’yicha rayosat navbatdagi Umra mavsumiga tayyorgarlik ishlarini yakunladi. 

Saudi Gazette nashrining xabar berishicha, ziyoratchilarni qabul qilish uchun hozirda masjidning barcha 100 ta eshiklari ochiqdir. “Bizning maqsadimiz Payg’ambarimiz alayhissalom masjidlari va uning tarkibiga kiruvchi inshootlarni Umra mavsumi uchun to’liq tayyorlashdir. Biz masjid darvozalarining ochilishi va nazorati, masjid ichkarisi va atrofining tozaligini saqlash masalasidan tortib, salomatlik jihatidan imkoniyati cheklangan va keksa yoshdagi kishilarni maxsus nogironlik aravalari bilan ta’minlash hamda adashib qolganlarga ko’mak ko’rsatishgacha bo’lgan barcha narsalar ustida bosh qotirdik”, deydi rayosat raisining o’rinbosari doktor Al-Ubayd. Bundan tashqari, uning so’zlariga ko’ra, Umra mavsumi davomida ziyoratchilar Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom kutubxonalarida saqlanadigan barcha adabiyotlar va audiomateriallardan foydalanishlari mumkin.  

 

1194
20.11.2017