ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Mehmonnavozlik odoblari

Mehmondo’stlik – asrlar osha qon-qonimizga singib ketgan, elimizning tanti fazilatlarini namoyon etgan xalqimizga xos xislatdir.

“Ziyo media markazi” ijodkorlari tomonidan tayyorlangan navbatdagi ko’rsatuv “Mehmonnavozlik odoblari” deb nomlanib, 2017 yilning 13 dekabrь chorshanba kuni, soat 20:00 da  “O’zbekiston” telakanali orqali efirga uzatiladi. Ko’rsatuvda Kosonsoy bosh imom-xatibi Ma’rufjon Abdusamatov, “Dolzarb mavzu” rukni orqali Xorazm bosh imomi Xayrulloh Abdullayevlar ishtirok etadilar hamda “Manbalar xazinasi” mudiri Muhammadsiddiq Usmonov “Qur’on ma’nolari” bilan tanishtirib o’tadilar. Qolaversa, Toshkent islom universiteti talabalarining hadis va hikmatlar asosidagi fikrlari namoyish etiladi. Albatta, insonlar o’rtasidagi oqibat, ahillik va do’stlik rishtalari mehmonnavozlik an’analari orqali shakllanadi. Ota-bobolarimiz mehmonni “atoyi xudo” deb ulug’laganlar. Uyimizga kirib kelgan inson mukarram ekanligi, doimo unga xushmuomalada  bo’lish, hurmat qilish, xizmatida bo’lish kerakligini kattalar biz yoshlarga doimo uqtirib keladilar. Bu esa diniy va milliy qadriyatlarimiz uyg’unlashgan urf-odatimizdir.

 

 

926
13.12.2017