ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
82 ta masjidli shaharga tashrif buyuring!

Taniqli National Geographic gazetasi tahririyati butun dunyodagi sayyohlar uchun eng qiziqarli manzillar ro’yhatini tuzib chiqdi.

Shunisi e’tiborliki, reytingning birinchi o’rnini Efiopiyaning Harar shahri egalladi. Ushbu ro’yhatni tuzuvchilarning hisoblashicha, sayohatchilarni 82 ta mahalliy masjidlar, ajoyib qahva va shaharga tunda tashrif buyuradigan va maxsus oziqlantiriladigan sirtlonlar qiziqtirishi mumkin. Reytingning ikkinchi o’rnidan esa Argentinaning Jujuy provinsiyasi joy olgan. Uning asosiy diqqatga sazovor joyi bu YUNESKOning butunjahon madaniy merosiga kiruvchi Kebrada de Umauka vodiysidir. Mutaxassislar uchinchi o’rinni Tbilisi shahriga taqdim etishdi. Tahririyatning fikricha, sayohatchilar ushbu shaharga mahalliy aholining o’ziga xos mehmonnavozligi, arxitekturasining xilma xilligi va gruzin oshxonasining mazali taomi bo’lgan xinkal uchun tashrif buyurishsa arziydi.

 

Xurshida Abdullayeva tayyorladi    

 

 

 

468
15.12.2017